AQŞning Las-Vegas şahridagi Michelob Ultra Arena’da professional boks oqşomi bölib ötdi.

Unda professional boksning super yengil vazn toifasida iştirok etayotgan özbekistonlik Şohjahon Ergaşev (23-1-0) IBF yönalişi çempioni puerto-rikolik Subriyel Matias (20-1-0) bilan kamar uçun ringga kötarildi.

12 raundga möljallangan jang 5-raunddan keyinoq yakunlandi. Şohjahon Ergaşev jamoasi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.

Özbekistonlik boksçi 1-raundni öz foydasiga hal qilgan bölsa-da, keyingi 4 ta raundda hakamlar Matiasning ustunligini qayd etgandi. 

Şu tariqa, Ergaşev jangda texnik nokaut sababli faoliyatidagi ilk mağlubiyatni tan oldi.

Matias esa faoliyatidagi 20-ğalabasini nişonladi va u barça ğalabalariga muddatdan avval erişgan. Uning raqiblari orasida 2019 yilda jangdan keyin vafot etgan rossiyalik Maksim Dadaşev ham bor edi.