Professional boksning yengil vazn toifasi vakili Şohjahon Ergaşev (24-2, 21 KO) navbatdagi jangini AQŞning Detroyt şahrida Julian Smitga (9-2, 5 KO) qarşi ötkazdi.
Superengil vazn toifasida IBF kamari uçun sobiq da’vogar bölgan Ergaşev ikki marta, 2- va 5-raundlarda nokdaun holatiga tuşdi, lekin jangni oxiriga qadar davom ettira oldi.

10 raundlik jang yakunida Smit hakamlar qarori bilan 95-94, 95-94, 94-95 hisobida ğalaba qozondi.
Bu Şohjahon uçun prof boksdagi 2-mağlubiyat böldi. U 2023 yil noyabrida IBF yönalişi çempioni puerto-rikolik Subriyel Matias (20-1-0) bilan kamar uçun ringga kötarilgan, ammo 5-raunddan keyin ringga qaytişni istamagandi.













