Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Huquqiy axborot kunlari” o‘tkazildi
O‘zbekistonning eng chekka qishloqlaridagi insonlarning xonadonlarigacha barcha bilan hamnafas bo‘lish, sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, fuqarolarning davlat organlaridan rozi bo‘lishlari uchun bor imkoniyatlardan to‘laligicha foydalanish maqsadida joriy yilning 1-3 aprel kunlari Adliya vazirligining tashabbusi bilan Andijon viloyati hokimligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi, Advokatlar palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida “Huquqiy axborot kunlari” o‘tkazildi.
Tadbirning dastlabki ikki kunida viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi davlat notarial idoralari hamda FHDYo bo‘limlari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha, shuningdek, ma'muriy va iqtisodiy sudlar, soliq, ichki ishlar boshqarmalari, viloyat “Yermulkkadastr”, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, Bandlikka ko‘maklashuvchi Markaz, Musulmonlar idorasi Andijon viloyati vakilligi, “O‘zbekiston yoshlar” ittifoqi viloyat kengashi mas'ul xodimlari Paxtaobod tumanining barcha hududlarida 10dan ortiq guruhlarga biriktirilgan holda xonadonlarga kirib borib, fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etishdi. Bu haqda Andijon viloyat adliya boshqarmasi KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Bunda oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish, fuqarolarga notarial harakatlarni rasmiylashtirish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq huquqiy tushuntirishlar berish, lozim bo‘lsa notarial harakatlarni tasdiqlab berilishini ta'minlash va yoshlar o‘rtasida alkogol ichimliklari va giyohvand moddalari iste'mol qilishning salbiy oqibatlari, ommaviy madaniyat, ya'ni TV va internet orqali kirib kelayotgan hamda milliy mentalitetga xos bo‘lmagan begona urf-odatlarning zararlarini tushuntirish kabi dolzarb vazifalarga asosiy e'tibor qaratildi.
“Huquqiy axborot kunlari”ning so‘nggi uchinchi kunida Paxtaobod tumani hiyoboni va markaziy o‘yingohida tashkil etilgan yakuniy bayramona tadbir “Huquqiy sayl”ga aylanib ketdi.
Shuningdek, ishtirokchilarga 1000 dan ortiq turli xildagi badiiy adabiyotlar va boshqa kitoblarning tarqatilishi xalqning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
“Huquqiy axborot kunlari” yakunida bu kabi tadbirlarni keyinchalik viloyatning boshqa hududlarida ham doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026