Sport | 01:55 / 04.04.2018
28685
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Real" safarda "Yuventus"ni yirik hisobda yengdi

Foto: Getty Images

2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinlari start oldi. 

Kunning markaziy o‘yini "Yuventus" hamda "Real Madrid" o‘rtasida kechdi. Turinda kechgan uchrashuv mehmonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 3-daqiqasida Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada dublga erishib, oradagi farqni oshirdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Marselo jamoasining yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta'minladi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 11 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da o‘tkaziladi. 

Yuventus Italiya – Real Madrid Ispaniya 0:3

Gollar: 0:1 – 3 Ronaldu, 0:2 – 64 Ronaldu, 0:3 – 72 Marselo.
Yuventus – Buffon, Bardzali, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Duglas Kosta (Matyuidi, 69), Bentankur, Xedira (Kuadrado, 75), Asamoa (Mandjukich, 69), Dibala, Iguain.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Kovachich, 82), Kazemiro, Isko (Asensio, 75), Kroos, Benzema (Vaskes, 59), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bentankur (26), Dibala (45), Ramos (55), Kovachich (88).
Chetlatish: Dibala (66).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid