Jahon | 09:49 / 04.04.2018
3789
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya Janubdan ishchi uchrashuvni bir kunga surishni so‘radi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga avval 4 aprelga belgilangan uchrashuvni 5 aprelga ko‘chirishni so‘radi. Bu haqda KBS telekanali ma'lum qildi.  

Uchrashuvda ikki davlat vakillari Koreyalararo sammitga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladilar.    

Ma'lum qilinishicha, uchrashuv ko‘chirilishi so‘ralgan murojaatda Shimoliy Koreyaning 6 kishidan iborat delegatsiyasi tarkibi haqidagi ma'lumot muzokaralar kuni taqdim qilinishi ma'lum qilingan. Janubiy Koreya Shimolning taklifiga rozi bo‘lgan.

Avvalroq Seul Pxenyanni 7 kishidan iborat delegatsiyasi tarkibidan xabardor qilgan. Delegatsiyaga Janubiy Koreya prezidentining bayonnoma masalalari bo‘yicha maslahatchisi Cho Xan Gi boshchilik qiladi. Bo‘lib o‘tajak uchrashuvda tomonlar bayonnoma, xavfsizlik va ikki davlat yetakchilari muzokaralarining yoritilishi masalalarini muhokama qilishmoqchi. Ikki davlat yetakchilari uchrashuvi esa Pxanmundjom chegara punktida 27 aprelda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid