Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Donbassdagi vaziyat haqida: poroxni quruq saqlash kerak
Foto: AP
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Donbassda aksilterrorchilik amaliyoti rejimi to‘xtatildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Aksilterrorchilik amaliyoti yakunlanish muddati mayda bo‘ladi, biz davlatni mudofaa qilishning boshqa shakliga o‘tmoqdamiz», - deya aytib o‘tgan Poroshenko.
Ukraina rahbarining eslatishicha, mamlakat parlamenti Donbassning reintegratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan, u «qurolli kuchlarni qo‘llash bo‘yicha yanada yangi choralar» joriy etilishini nazarda tutadi.
«Biz buni shunga qilmoqdamizki, sababi mamlakatimiz sharqida tahdid darajasi keskin oshganini ko‘rmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.
Shuningdek, prezident Donbassdagi vaziyat haqida gapirar ekan, «poroxni quruq saqlash kerakligi» haqida ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili Poroshenko uni Savchenkoning ishiga bog‘lamoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
16:09 / 31.12.2025
Zelenskiy: Donbass bo‘yicha murosa - hududga alohida maqom
08:29 / 29.12.2025
Donbass masalasi hal bo‘lmadi: Tramp va Zelenskiy uchrashuvi natijalari
20:13 / 22.12.2025