Jahon | 08:35 / 05.04.2018
3890
1 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg NATOni kuchaytirishga va'da berdi

Foto: Francois Lenoir/Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, alyans o‘zining bosib turish va mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi. Bu haqda u Kanadaga tashrifi davomida aytib o‘tgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«So‘nggi bir necha yil davomida dunyo beqaror va avvaldan aytib bo‘lmaydigan holatga keldi. NATO bunga qat'iy reaksiya bildiradi. Iyul oyidagi sammitda biz keyingi qadamlarni qo‘yamiz. Bu bosib turish va mudofaa imkoniyatlarini yanada kuchaytirish uchun kerak», - degan Stoltenberg.

Alyans bosh kotibining qo‘shimcha qilishicha, bunday qadamlar barqarorlikni ta'minlash, NATO chegaralari tashqarisida terrorizm bilan kurash uchun ham kerakdir.

Alyans sammiti 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid