Jahon | 19:07 / 05.04.2018
11026
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi universitetda otishma, qurbonlar bor

Foto: NTV

Turkiya g‘arbidagi Eskishahar shahrida joylashgan Usmong‘ozi universitetida ro‘y bergan otishma oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma pedagogika fakulteti binosida ro‘y berdi, universitet xodimi o‘z hamkasblarini o‘qqa tutgan.

Voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib keldi.

Telekanal xabariga ko‘ra, o‘quv muassasasida otishma sodir etgan universitet xodimi qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, hodisa pedagogika fakulteti binosida ro‘y berdi, qurbonlar orasida – uning xodimlari. Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid