Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroillik professor-o‘qituvchilar O‘zMUda dars o‘tmoqda
Foto: O‘zMU Axborot xizmati
Isroil davlatining Xolon Texnologiya instituti professor-o‘qituvchilaridan bir guruhi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular Fizika, Matematika, Biologiya va Kimyo fakultetlarida doktorantura va magistratura talabalariga ma'ruzalar o‘qishadi, shuningdek, O‘zMU professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda davra suhbatlari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazishadi. Bu haqda O‘zMU Axborot xizmati xabar bermoqda.
Isroillik mehmonlar hamkorlikdagi darslar boshlanishi oldidan Xolon texnologiyalar institutining prezidenti Eduard Yakubovning salomini yetkazib, “u 50 yil oldin O‘zbekiston Milliy universitetining Matematika fakultetini tugatganligini doim faxr bilan eslashi”ni alohida ta'kidlab o‘tishdi.
Fizika fakulteti katta auditoriyasida Innovatsiya markazi rahbari Yakov Damatovning, Ilm-fan fakulteti lektori Maykl Kiperbergning, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Boris Lembrikovning turli mavzulardagi ma'ruzalari katta qiziqish bilan tinglandi.
Tinglovchilar tomonidan Kvant fizikasi va gipervizorlar bilan bog‘liq mavzularda berilgan savollarga isroillik olimlar atroflicha javob berar ekan, O‘zMU talabalarining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlari va bilimlarini olqishlashdi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida Fizika fakulteti laboratoriyalari va yuqori texnologiyalari Markazi isroillik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Isroillik professor-o‘qituvchilarning hamkorlikdagi mashg‘ulotlari shu yil 10 aprelgacha davom etadi.
Mavzuga oid
22:54 / 26.04.2026
Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
08:37 / 24.04.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh muddati uzaytiriladi
20:04 / 23.04.2026