Jahon | 22:25 / 06.04.2018
6101
2 daqiqa o‘qiladi

Qatarda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

Foto: RIA Novosti / Valeriy Melnikov

Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol-Soniy erkaklar uchun majburiy harbiy xizmat muddatini 3 oydan bir yilgacha uzaytirish haqidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, ayollar ham harbiy bo‘la olishadi. Bu haqda Qatarning QNA axborot agentligi ma'lum qildi. 

Yangi qonunga ko‘ra, 18 yoshdan katta ayollar ko‘ngilli tarzda armiyada xizmat qilish huquqini olishdi.

“Qatar fuqarolari, 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan erkaklar harbiy xizmatni o‘tashga majburlar. Vatanga xizmat ayollar uchun ko‘ngilli hisoblanadi”, deyilgan yangi qonunda.

Qonunda harbiy xizmatdan qochishga urinish uchun 3 yillik qamoq jazosi va 50 ming Qatar riali (15 ming dollar) miqdorida jarima ko‘zda tutilgan. Qatarlik erkaklar 18 yoshga to‘lganlaridan 2 oy o‘tib armiyaga borishlari zarur.

Bundan tashqari, Qatarda harbiy xizmat akademiyasi tashkil etiladi.  
Qatarning “Ar-Rayi” rasmiy nashrining ta'kidlashicha, ushbu qonunning qabul qilinishi Qatarning mintaqadagi qo‘shnilari tomonidan blokada qilinishi, mamlakat suverenitetini tahqirlovchi shartlar bajarilishi talab qilinayotgan hozirgi sharoitlarda zaruriy hisoblanadi. Shu sababli qonun jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid