Jamiyat | 20:48 / 06.04.2018
235082
1 daqiqa o‘qiladi

Nikohdan ajramoqchi bo‘lgan er-xotin yangi tartibga bo‘ysunishi lozim

FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e'tiboran 3 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorida shunday deyiladi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolangan qarorda nikohdan ajratish to‘g‘risida ariza bergan er-xotin MFY huzurida tashkil etilgan yarashtirish komissiyasini bu haqda ogoh qilishi shartligi belgilab qo‘yilmoqda.

Qarorda ta'kidlanishicha, vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 1 oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi nazarda tutilmoqda.

Mavzuga oid