Jahon | 12:38 / 07.04.2018
6227
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh BMT XKning G‘azo sektori bo‘yicha bayonoti loyihasini blokladi

Foto: AP

AQSh BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektori bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha bayonoti loyihasini bloklab qo‘ydi. U yerda ikki haftadan beri falastinliklarning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvilari davom etmoqda. Bu haqda Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur jurnalistlarga xabar berdi.

"Bir necha daqiqa avval 15 davlatdan biri qarshi chiqqani juda afsuslanarli, garchi 14 mamlakat bayonotni qabul qilishga tayyor edi. Bu AQSh delegatsiyasi tomonidan mas'uliyatsizlik", - deya ma'lum qildi Mansur.

Falastindan doimiy kuzatuvchining qo‘shimcha qilishicha, Vashingtonning bunday qarorlari Isroil Mudofaa armiyasiga Falastin oddiy fuqarolariga hujum qilishda davom etish imkonini beradi.

O‘z navbatida, Isroilning BMTdagi doimiy vakili Danni Danonning ma'lum qilishicha, BMT Xavfsizlik kengashi “bolalarni tirik to‘siq sifatida foydalanayotgan HAMASni qoralashi, shuningdek, bunday provokatsiyalarga yakun yasashga chaqirishi kerak”.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid