Jamiyat | 01:36 / 07.04.2018
25649
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan ko‘chalarida velopatrul faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Namanganda viloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan patrul-post xizmati batalonida velopatrul xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ekologik jihatdan atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, harakatlanish qiyin bo‘lgan tor ko‘chalarda ham tezkorlik bilan fuqarolarga yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi mazkur patrul ayni kunlarda Namangan shahrida beshta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Velopatrul jamoat joylarida tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish, turli jinoyatlarni tezkor ravishda oldini olish, xizmat sifati va jamoat taribini saqlash samaradorligini oshirish kabi asosiy vazifalarni bajaradi.

Qayd etish joizki, velopatrulning afzalligi shundaki, shahar hududidagi ko‘p qavatli uylar orasidagi tor ko‘chalar, transport vositalari kirishi chegaralangan hududlarda, xususan, bozor, dam olish maskanlari, bog‘ va hiyobonlarda aholiga o‘z vaqtida sifatli yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Xizmat velosipedida to‘liq jihozlangan xodim unda maxsus vositalar, xizmat sumkasi, birinchi yordam ko‘rsatish qutisi va Namangan shahrining xaritasi bilan ta'minlangan.

Foto: Namangan viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Namangan viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Namangan viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Namangan viloyati IIB matbuot xizmati

Mavzuga oid