Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili o‘ziga yangi ish topdi
Foto: RIA Novosti / Stringer
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o‘ziga yangi ish topganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, u Niderlandiyada ma'ruzalar o‘qiydi.
“Niderlandiya spikerlar akademiyasi bilan hamkorlik haqida kelishib oldim. Men Yevropada ma'ruzalar orqali pul topaman. Akademiyaning jamoasi a'lo ekan. Umid qilamanki, uzoq vaqt ma'ruzalar o‘qishimga to‘g‘ri kelmaydi, tajribamni esa ma'ruzalarga emas, oligarxlarni hokimiyatdan chetlatish va haqiqiy reformatsiyalar uchun qo‘llayman”, deb yozgan Saakashvili Facebook’da.
Fevralda Ukraina hukumati Saakashvilini Polshaga jo‘natib yuborgan. Shundan keyin u Niderlandiyaga borgan va u yerda Yevropa Ittifoqida yashash va ishlash huquqini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma olgan va o‘shandan beri bu davlatda yashamoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 20.05.2026
Niderlandiya futbol federatsiyasiga o‘rtoqlik o‘yini uchun pul to‘lanmaydi - O‘FA
14:22 / 09.05.2026
Fashistlar rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek
18:15 / 07.05.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Niderlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:07 / 05.05.2026