Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada yangi turdagi qo‘shinlar tashkil etiladi
Ukraina Mudofaa vazirligidan aytishlaricha, qo‘shinlarning alohida – tibbiy turdagisi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» Ukraina Qurolli kuchlari tibbiy xizmati boshlig‘i, Bosh harbiy-tibbiy boshqarma boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Igor Xomenkoga asosan xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday turdagi qo‘shinlarni shakllantirishda Bundesver tizimidan namuna olinadi.
«Ukraina tizimi nemislardan 100 foizga ko‘chirib olinmaydi, biroq uning asosiy prinsiplaridan foydalaniladi: tibbiy ta'minot boshqaruvining yagona organi, yagona bo‘ysunuv vertikali, tibbiyot xodimlari tibbiy ta'minot uchun javob beradi, ulardan o‘zlariga xos bo‘lmagan funksiyalar olib tashlanadi», - deya aniqlik kiritdi Xomenko.
Ta'kidlanishicha, tegishli islohot 2021 yilgacha amalga oshiriladi, bunday turdagi qo‘shinlarga esa taxminan 25 ming harbiy xizmatchi kiradi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026