O‘zbekiston | 16:54 / 07.04.2018
19680
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda hokim o‘rinbosarlariga xizmat avtomobillari berildi

Jizzax viloyat hokimligida viloyat hokimi hamda shahar va tuman hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirish korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga  xizmat avtomobillari berildi. 

Viloyat hokimi o‘rinbosariga 1 dona “Lasetti” rusumli, shahar va tumanlar hokimi o‘rinbosarlariga 1 donadan jami o‘n uch dona “Neksiya-3” rusumli xizmat avtomashinalarini viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Raxmonqulov va viloyat hokimligi ishlar boshqaruvchisi Nurulla  Omanovlar topshirishdi.

 

Mavzuga oid