Jahon | 20:33 / 08.04.2018
12854
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Suriyaga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirilishi mumkinligini aytdi

Foto: AP Photo / Hussein Malla

Oq uy Suriyaning Duma shahrida kimyoviy hujum sodir etilgani haqidagi ma'lumotlar ortida Suriyaga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirilishini istisno qilmaydi. Bu haqda Oq uyning xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha mashalatchisi Tomas Bossert aytib o‘tdi.

Avvalroq AQSh davlat departamenti vakili AQSh Dumada kimyoviy hujum amalga oshirilgani yuzasidan kuzatuv ishlari amalga oshirilayotganini ma'lum qilgan. Bu hujum oqibatida 40 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Rossiyaning Suriyadagi ixtilof tomonlarini yarashtirish markazi Dumaga Suriya qurolli kuchlari tomonidan xlorli bomba tashlangani haqidagi ma'lumotni rad etgan. Markaz kimyoviy himoya mutaxassislarini ma'lumot yig‘ish uchun yuborishga tayyorligini va bu mutaxassislar yuqoridagi ayblovlar soxtalashtirilganini tasdiqlashlarini ma'lum qilgan.

Bossertdan “AQSh bir yil avval Xon-Shayxunga kimyoviy hujum qilingani taxmin qilingandan keyin AQSh Suriyaga raketalar bilan zarba bergani kabi yangi hujum bo‘lishi mumkinligini kutish kerakmi?”, deb so‘rashgan.

“Men hech narsani istisno qilmadim. Bu juda ham mudhish suratlar. Davlat departamenti bu holat yuzasidan kecha bayonot bergan. Prezident ma'muriyatining milliy xavfsizlik bo‘yicha katta a'zolari bu holatni prezident va bir-birlari bilan muhokama qilishgan”, deb aytgan Bossert.

Mavzuga oid