Jahon | 22:43 / 08.04.2018
9206
2 daqiqa o‘qiladi

Rassel Krou "Ajrim san'ati" kimoshdi savdosida mo‘maygina daromad ishlab oldi

Foto: News Corp Australia

Aktyor Rassel Krou kimoshdi savdosida o‘zining shaxsiy buyumlari va filmlardagi rekvizitlarini sotishdan 3 million dollarga yaqin pul ishlab oldi. Sotheby's savdo uyining Avstraliyadagi filiali rasmiy vakili Sidneyda o‘tkazilgan savdolar natijasidan kelib chiqib, shu haqida xabar berdi. 

"Umumiy miqdori 3 719 963 Avstraliya dollariga (2,9 million AQSh dollariga) 226 lotning 85 foizdan ortig‘i sotildi", - deya xabar beradi Sotheby's Australia vakili.

Auktsion vaqtida zalga aktyorning o‘zi kirib kelib, salohiyatli xaridorlar oldida qisqa chiqish qildi. Kimoshdi savdosi uning taklifi bilan "Ajrim san'ati" deb nomlandi. Gap shundaki, o‘tgan yilning oxirida Krou avstraliyalik aktrisa Daniel Spenser bilan rasmiy ajrashish jarayoniga nuqta qo‘ydi va unga juda yirik miqdorda pul qoldirdi, aslida esa aktyor 6 yildan beri Spenser bilan birga yashamaydi.

Xaridorlar orasida eng katta qiziqish uyg‘otgan va qimmat baholangan predmetlar orasida - "Uzuklar hukmdori" filmidagi kapitan Jyek Obrining skripkasi (135 ming dollar), "Gladiator"dagi Maksimusning alyuminiy qilichi va jang aravasi (85,4 ming dollar va 79,3 ming dollar) bor edi.

Rassel Krouning o‘zi o‘tgan kimoshdi savdosi yakunlarini tavallud ayyomiga yaxshi sovg‘a deb atadi. "Besh soatlik ish uchun yomon daromad emas", - deb yozadi o‘zining Twitter sahifasida.

Foto: AAP
Foto: AAP
Foto: AAP
Foto: AAP
Foto: AAP
Foto: AAP
Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid