Fizik olim Albert Eynşteynning AQŞ prezidenti Franklin Ruzveltga yöllagan maktubi Çristie’s kimoşdi savdosida 3,992 million dollarga sotildi.

Hamkasbi Leo Silard bilan birgalikda Eynşteyn Qöşma Ştatlarning 32-prezidentiga Germaniya tomonidan “öta kuçli bombalar” yaratilişi xavfi haqida xabar bergan. Hozir hujjatning asl nusxasi Nyu-Yorkdagi prezident kutubxonasida saqlanmoqda. Sotilgan lot xatning ikkinçi, qisqaroq versiyasi bölib, unda olimlarning yadroviy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş böyiça tavsiyalari yöq.

Bunga qadar Eynşteynning maktubiga Microsoft hamta’sisçisi Pol Allen egalik qilib kelgan. U xatni 2002 yilda noşir va siyosatçi Malkolm Forbsdan 2,1 million dollarga sotib olgandi. Öşa paytda bu XX asrning eng qimmatli tarixiy hujjati edi.

Eynşteynning massa va energiya ekvivalenti formulasi yozilgan yana bir maşhur maktubi 2021 yil may oyida 1,2 million dollarga sotilgandi. Yarim yil ötgaç Parijdagi Çristie’s kimoşdi savdosida fizikning nisbiylik nazariyasi böyiça qölyozmasi 11 million yevroga sotib olindi.

Avvalroq AQŞda çordoqdan topilgan portret 1,4 mln dollarga sotilgani xabar qilingandi. XVII asrga tegişli ekani aytilayotgan uşbu kartina niderlandiyalik maşhur rassom Rembrandt tomonidan çizilgan bölişi mumkin.