Yakshanba kuni O‘zbekistonda 9 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘ldi
8 aprel kuni O‘zbekistonda ro‘y bergan uch YTHda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV saytida xabar berilgan.
Soat 15:20da Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Sh. Atajonov (1972 y. t.) tegishli hujjatlarsiz opasiga tegishli Cobalt avtomobilini A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» avtomobil yo‘lining 578-kilometrida haydab ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘l chetida ag‘darilib ketadi. Atajonov hodisa joyida, uning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan o‘g‘li shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Haydovchining opasi U.Atajonova va uning voyaga yetmagan nevarasi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Soat 17:05da Namangan viloyati Kosonsoy tumanida M. Muxtorov (1996 y. t.) ishonchnomasiz Nexia avtomobilini boshqarib, 4R-114 «Kosonsoy-Olabuqa» avtomobil yo‘lida oldinda harakatlanib ketayotgan Matiz mashinasining orqa chap qismiga borib uriladi. Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va T. Darveshov (1991 y. t.) boshqarib kelayotgan «VAZ-2107» bilan to‘qnashadi. Darveshov hamda yo‘lovchilar F. Baratov (1972 y. t.) va J. Abdulazizov (1998 y. t.) olingan tan jarohatlari sababli hodisa joyida hayotdan ko‘z yumadi. Uchinchi yo‘lovchi M. Ahmedova (1966 y. t.) va Nexia haydovchisi shifoxonaga yotqiziladi. Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, M. Ahmedova 9 aprel kuni vafot etdi.
Soat 21:30da Toshkent viloyati Chinoz tumanida «Toshkent-Termiz» avtoyo‘lining 858-kilometrida harakatlanib kelayotgan J.G‘aniyev (1992 y. t.) boshqaruvidagi Lacetti chapga qayrilayotgan «Moskvich-412» mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Natijada J.Fozilov (1999 y.t.) boshqaruvidagi «Moskvich» qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, T.Berdibekov (1962 y. t.) haydab kelayotgan Istana avtomashinasi bilan to‘qnashadi. YTH natijasida «Moskvich» yo‘lovchilari J. Toshmetov (1998 y. t.) va N. Toshmetov (1998 y. t.) hodisa joyida vafot etdi, haydovchi Fozilov va Lacetti haydovchisi G‘aniyev shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
16:54 / 29.08.2024
Qoraqalpog‘istonlik 110 yoshli momo “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024