Jahon | 16:00 / 09.04.2018
5399
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Livanga 100dan ortiq tinchlikparvar yuboradi

Qozog‘iston Livanga ushbu mamlakatda tinchlikni ushlab turish bo‘yicha BMT missiyasi doirasida tinchlikparvarlar rotasini yuborish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Bu haqda respublika mudofaa vaziri o‘rinbosari Talgat Muxtorov xabar berdi.

"Biz hozir bo‘linmamizni tinchlikparvarlik missiyalardan biriga yuborish uchun katta tayyorgarlik ishini amalga oshirmoqdamiz. Biz tinchlikparvarlik missiyasida ba'zi vaqt davomida faqat alohida zobitlarni shtab zobitlari, kuzatuvchi zobitlar sifatida yuborish orqali ishtirok etganmiz", - deya aytib o‘tdi Muxtorov jurnalistlarga.

Uning ta'kidlashicha, ayni damda rotani yuborish tayyorlanmoqda. "Biz barcha kerakli jarayonlardan o‘tdik va endi alohida jihatlar, standart jarayonlar qoldi. Kuzgacha biz rotani yuboramiz, taxminan 120 kishi missiyalardan biriga yo‘llanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra – bu Livandagi missiya", - deya xabar qilgan Muxtorov.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid