Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin amerikalik generalni mukofotladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh Dengiz-piyoda kuchlari korpusi general-mayori Charlz Boldenni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.
Huquqiy axborotlar portalida aniqlik kiritilishicha, Bolden ikki mamlakatning kosmonavtika sohasidagi hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun mukofotlangan.
Xuddi shunday orden Amerikaning boshqa bir fuqarosi — Aeronavtika va kosmosni tadqiq qilish bo‘yicha milliy boshqarmaning maslahat kengashi raisi Tomas Staffordga ham berilgan.
Shuningdek, Italiya fuqarosi, «Pirelli» kompaniyalar guruhi raisi o‘rinbosari Marko Tronketti ham Rossiya iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etishda qo‘shgan hissasi uchun mukofotlangan.
Mavzuga oid
17:14
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026