Jahon | 15:57 / 09.04.2018
14406
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy: AQSh yadro bitimini buzadigan bo‘lsa, bundan qattiq afsuslanadi

Foto: AP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, agarda AQSh Eron atomi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasidan (QKHR) chiqishga qaror qilsa, juda qattiq afsuslanadi. Bu haqda Press TV telekanali xabar bermoqda.

«Biz bitim shartlarini buzmaymiz, biroq AQSh bilishi kerakki, agarda ular bitimni buzishsa, bundan juda qattiq afsuslanadi... Bizning javob ular kutgandan ham qat'iy bo‘ladi, hamda ular buni bir haftaning ichidayoq ko‘rishadi», - deya ma'lum qilgan Ruhoniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Amerika tomonining ishtirokisiz bitim varianti va boshqa imkoniyatlarni ko‘rib chiqqan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid