Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jeenbekov Turkiyaga jo‘nab ketdi, siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Foto: Sputnik
Qirg‘iziston prezidenti Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bormoqda. Bugun Sooronbay Jeenbekov Anqaraga uchib ketdi.
U Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Tomonlar investitsiyalar, metrologiya, sportga aloqador qator hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda.
Kutilishicha, muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbari matbuot uchun qo‘shma bayonot bilan chiqadi.
Ertaga, 10 aprel kuni, Sooronbay Jeenbekov Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan uchrashadi.
Sooronbay Jeenbekovning Turkiyaga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy darajada siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish. Bu haqda uning matbuot xizmati vakili xabar bergan.
"Tashrif oliy siyosiy muloqotni o‘rnatish, Qirg‘iziston-Turkiya hamkorligining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashishni yo‘lga qo‘yish, Turkiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va har tomonlama chuqurlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.
Mavzuga oid
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025