Jamiyat | 21:03 / 10.04.2018
36393
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi maktabda qotillik sodir bo‘ldi

Andijon shahrida maktabning yuqori sinf o‘quvchisi maktabdoshini pichoq bilan o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bergan.

«Andijon shahrida 7 aprel kuni  soat 11.00larda o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi Sh.A. o‘zaro janjal oqibatida o‘quvchi M.S.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada jarohatlangan o‘quvchi kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid