Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putin va Trampning uchrashuvi haqida: hozircha aniq emas
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Rossiya rahbari Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp uchrashuvi to‘g‘risida aniq kelishuvlar hozircha yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Hozircha hech qanday kelishuvlar va alohida aloqalar yo‘q. Shuning uchun kutmoqdamiz. Yaxshi bilasizlarki, AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod bo‘yicha bir qaror qabul qilinishi kerak, sababi ikki prezident – Putin va Trampning amaldagi kelishuvi bor. Ular tashqi ishlar vaziri hamda davlat kotibiga bu masala ustida ishlash borasida topshiriq berishga kelishib olgan», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov tomonidan berilgan hamda ikki davlat rahbari yaqin kelajakda uchrashishi mumkin ekanidan dalolat beruvchi bayonotni rad qilmaydi.
Mavzuga oid
11:04
Tehron: AQSh zarba bersa, butun mintaqa qaytarib bo‘lmas zarar ko‘radi
10:20
WP: Orbanga yaqin shaxslar YeI yig‘ilishlari haqida Moskvaga axborot bergan
09:29
Pistorius: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish mumkin emas
09:17