O‘zbekiston | 18:41 / 10.04.2018
93060
2 daqiqa o‘qiladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boshqa lavozimga o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Hayitov lavozimidan ozod etildi.​ Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. ​

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tanqid qilingan vazirlik rahbari ishdan bo‘shatilgan va O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimiga caylangan.

Yig‘ilishda agrar sohadagi bugungi ahvol tahlil qilinib, mavjud ekin maydonlari, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, amaliyotga ilg‘or texnologiyalar hamda ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish zarurligi, bularning bari dehqonlarning moddiy manfaatdorligi ortishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Aktam Hayitov O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») bosh direktori lavozimida 6 oy faoliyat yuritib, so‘ngra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkazilgandi. O‘sha paytgacha vazirlikni hozirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlayotgan Aziz Abduhakimov boshqarib kelgandi.

Mavzuga oid