Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an neft eksport qiluvchi musulmon mamlakatlarga murojaat bilan chiqdi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an neftga boy musulmon davlatlarga murojaat bilan chiqdi, deb xabar bermoqda «Anadolu».
«Agar bu mamlakatlar muhtoj kishilarga yordam berish uchun daromadlarining bir qismini yo‘naltirsa, dunyoda qashshoqlar qolmaydi», - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an Anqaradagi Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi koordinatorlarining to‘rtinchi yillik yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda Turkiyadan iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori turadigan G‘arb davlatlari haqiqatdan ham xohlasa, unda dunyodagi ocharchilik va qashshoqlikka barham bera oladi. Prezident Suriyadagi vaziyat haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
«Turkiya Suriyani yo‘qotib yuborishga qaror qilgan terrorchilik tashkilotlari va kuchlar harakatiga qat'iy javob qaytaradi, bu mamlakatning qayta tiklanishi hamda o‘sishini ta'minlab beradi», - dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026
Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol o‘ldirilgani aniqlandi
13:59 / 12.02.2026