Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID JCh-2018 masalasida Putinga tahdid qildi
IShID jangarilari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 vaqtida mamlakatga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, shu maqsadda IShID tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlar orqali Rossiyaga tahdid qilingan plakatlarni tarqatishmoqda.
Tahdid shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qaratilgan. Ular jangarilarga qarshi kurashda Suriya prezidenti Bashar Asadni Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini bunga sabab sifatida ko‘rsatgan.
Plakatlarning biriga: «Rossiya-2018. Putin, sen kofirsan. Musulmonlarni o‘ldirganing uchun javob berasan», deb yozilgan.
Oldinroq, jangarilar tarafdorlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga tahdid qilingan plakatlarni tarqatishgandi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 musobaqasi Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026