Jamiyat | 12:40 / 11.04.2018
9823
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqda qurol o‘g‘risi ushlandi

Illyustrativ foto/stapico.ru

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2014 yil 8 sentabrda, noma'lum shaxs Pirimqulov ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koni oldida qarovsiz qoldirilgan, 1948 yilda tug‘ilgan R.L.ga tegishli «Niva» rusumli avtomashinasi eshigini kalit tanlash yo‘li orqali ochib, salonidan unga tegishli, IIBda ro‘yxatda bo‘lgan «BM-16» rusumli va «TOZ» rusumli ov qurollarni olib ketganligi aniqlangan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahar Olmaliqsoy ko‘chasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan. F.T. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid