Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi imperatorlar» «Barselona»dan qanday qasos olishdi?
Rimdagi odatdagi Chempionlar ligasi o‘yini haqiqiy jangga aylanib ketdi va bu jang kataloniyaliklar sensatsion ravishda turnirdan chiqarib yuborilishi bilan yakunlandi.
«Roma» - «Barselona» - 3:0 (1:0)
Gollar: Djyeko, 6 (1:0). De Rossi, 58 – penalti (2:0). Manolas, 82 (3:0).
«Roma»: Alisson, Juan Jyezus, Fasio, Manolas, Florentsi, De Rossi, Nainggolan (El-Sha'roviy, 77), Strotman, Kolarov, Djyeko, Shik (Jyengiz Under, 73).
«Barselona»: ter Shtegen, Semedu (Dembele, 85), Pike, Yumtiti, Jordi Alba, Serxi Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Luis Suares.
Ogohlantirishlar: Fasio, 38. Juan Jyezus, 44. Pike, 57. Messi, 63. Luis Suares, 72.
Hakam: Tyurpen (Fransiya).
10 aprel. Rim. «Olimpiko» stadioni
Birinchi o‘yin - 1:4.
Parijdan Rimga qadar
O‘tgan yili «Barselona» o‘zining bor kuchini maydonga tashlab, «PSJ»ga qarshi safarda 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin «Kamp Nou»da kerakli natijaga erisha olgandi - 6:1. Ammo bu safar o‘z kuchiga haddan ortiq ko‘p ishonib yuborgan kataloniyaliklar 3ta to‘p ustunligini yo‘qqa chiqarib, «Roma»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Bu «Barselona» Chempionlar ligasi yarim finali yo‘lida ilk marta italyanlarga mag‘lub bo‘lishi edi. Messi, Inesta va ko‘k-anorranglilarning boshqa yulduzlariga nima bo‘ldi, ularning mavsumda trebl qilish orzulari qayerga yo‘qoldi.
Jyekoning qutqaruvchi goli
Barchasi oddiy va shu bilan birgalikda murakkab ham. Bir hafta muqaddam «Roma» safarda yaxshi o‘ynab turib, 1:4 hisobida yutqazgandi. Bu hisob maydondagi vaziyatga mutlaqo mos bo‘lmagandi: ikkita avtogol, Semeduning Djyekoga foli uchun belgilanmagan penalti - «Barsa» birinchi o‘yinda ham yorqin o‘yini bilan ajralib turmagandi, motivatsiya jihatidan ham. Bunday muammolar jamoada Chempionlar ligasining nimchorak finalida «Chelsi»ga qarshi birinchi o‘yinda ham ko‘zga tashlangandi. O‘shanda faqat Kristiansenning xatosi «Barselona»ga safardan durang bilan qaytish imkonini bergandi. Javob o‘yinida Messining kayfiyati yaxshi bo‘lgani tufayli «ko‘klar» turnirdagi ishtirokini to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. Ammo bu safar, Rimdagi o‘yinda argentinalik futbolchi jangovar holatda emasligi ko‘rinib turgandi - bu rimliklardan olingan tarsakining asosiy sabablaridan biri edi.
Ko‘rinib turgandiki, «Roma»da «Kamp Nou»dagi yirik mag‘lubiyatdan keyin javob o‘yini uchun biron maqsadli reja yo‘q edi, faqat Djyekoning safardagi o‘yin oxiridagi urgan yagona goli mitti umid yulduzidek miltillab turgandi, faqat hakamning o‘yin boshlanishi haqidagi hushtagi yangrashi bilan mezbon futbolchilar jangchilarga, yanayam aniqrog‘i gladiatorlarga aylanishdi. Futbolchilar raqibni keskin kutib olar va to‘pni olib qo‘yib, oldinga tashlanardi. 6-daqiqadayoq urilgan tezkor gol «Barselona» falokatining debochasi bo‘ldi.
Chuqur pasga chiqib kelgan Jyekoni bu safar Semedu to‘xtata olmadi, to‘p ter Shtegenning qo‘llari orasidan darvoza to‘riga yo‘naldi - yarim final chiptasi kataloniyaliklar qo‘lidan chiqib keta boshladi.
Inestaning kuni emasdi
«Barselona» o‘yin boshidan bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgandek hissiyot uyg‘onardi. Inesta - afsona, ammo afsonalarda ham yomon kunlar bo‘ladi: Shik va De Rossi uni gugurt cho‘pidek oson yoqdi, kataloniyaliklar maydon markazini to‘liq boy berishdi. Natijada, Ernesto Valverda Inestani maydondan olib, Gomeshni tushirdi.
Bu uning navbatdagi xatosiga aylandi. Qolaversa, Buskets optimal formani tiklab ulgurmagan, Messi va Suares «Roma» futbolchilaridan iborat moviy dengizda yo‘qolishdi. Mezbonlarning har bir hujumi tahlikali kechar, Djyeko to‘p uchun kurashlarda ikkinchi qavatda Pikeni dog‘da qoldirardi. Vaziyatlardan birida Pike bosniyalik hujumchini yiqitdi hakam 11 metrli nuqtani ko‘rsatdi. O‘tgan o‘yin boshidayoq avtogol urib, barcha rejalarni buzib yuborgan jamoa sardori De Rossi mas'uliyatni o‘z zimmasiga olib, nuqtaga yaqinlashdi va Rimga yarim final umidini tuhfa etib, aybini yuvdi.
O‘tgan o‘yinning yana bir antiqahramoni Manolas esa 82-daqiqada uchinchi golni urib, qahramonga aylandi. Ko‘k-anorranglilarning umidi Rimdagi «Olimpiko» stadioniga ko‘mildi.
Rim imperatorlari
«Barselona» sinovga dosh bera olmadi. Manolas kataloniyaliklar darvozasini boshi bilan ishg‘ol etgach, stadion portlay boshladi. Xuddi, bir vaqtlar Rim imperiyasi davrida varvarlarning asirlari maydonga olib kelinganida olomon qanday hayqirgan bo‘lsa, «Roma» muxlislari «Barselona» futbolchilariga shunday dahshat sola boshlashdi. Eusebio di Francheskoning shogirdlaridan bu kecha o‘tib bo‘lmasdi. Birinchi o‘yindagi omadsizlar De Rossi va Manolas bu oqshomdagi mo‘'jizaning ijodkorlariga aylanishdi. Bu stadiondagi yana bir ajoyib xotira tarixga muhrlandi, bu gladiatorlarni «Rim imperatori» - Franchesko Totti olqishladi.

Butun hafta Ronalduning Buffonga urgan fantastik golidan keyin internetda argentinalik va portugaliyalik futbolchidan qaysi biri kuchliroqligi borasida abadiy bahs yanada kuchaygandi. Bu bahs davom etaveradi. Ammo Ronalduning jamoasini muhim pallalarda qutqarishi fonida «Barselona» Messi bilan Chempionlar ligasidan yana erta chiqib ketishi ko‘p narsaga oydinlik kiritdi. Endi Madrid klubi bu mavsumda ham chempionlik uchun asosiy da'vogarga aylanib qoldi. Ronaldu bu sovrinni qatorasiga uchinchi mavsumda ham boshi uzra ko‘tarishga chog‘langan.
Mavzuga oid
23:45 / 31.05.2026
Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026