Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Chad fuqarolariga AQShga kirishga ruxsat berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Afrikaning Chad davlatini xavfsizlik nuqtai nazaridan fuqarolari AQShga kirishlari taqiqlangan davlatlar qatoridan chiqarib tashlashni buyurdi.
“Chad fuqarolarining AQShga muhojirlar va ishchi hamda turistik vizalar bo‘yicha nomuhojirlar sifatida kirishlari AQSh manfaatlariga salbiy oqibatlarga ega bo‘lmaydi”, deb aytilgan Tramp buyrug‘ida.
Chad 2017 yilda AQSh bilan xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik uchun yetarlicha choralar ko‘rmayotgan davlat sifatida “qora ro‘yxat”ga kiritilgandi. Xususan, AQSh Chad tegishli axborot bilan almashishini hamda Chad fuqarolariga beriladigan hujjatlarning himoyasi kuchaytirilishini talab qilgan. Hujjatda aytilishicha, hozirda Chad AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini isbotlay oldi.
Yuqoridagi ro‘yxatga Chaddan tashqari, Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Iroq kiritilgandi. Keyinchalik ro‘yxatdan Iroq va Sudan chiqarib tashlangan, biroq Shimoliy Koreya va Venesuela amaldorlari kiritilgan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026