Jahon | 13:25 / 11.04.2018
11372
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp «Rossiya ishi» bo‘yicha maxsus prokurorga bosim o‘tkazmoqchi – CNN

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp bosh prokuror o‘rinbosari Rod Roznsteynni ishdan bo‘shatib, shu tariqa Rossiyaning Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga aralashuvi bo‘yicha surishtiruv ishlariga rahbarlik qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerga bosim ko‘rsatmoqchi. Myuller Trampning advokati ofisida o‘tkazilgan tintuvlarga aloqadordir. Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor manbalarga asosan ma'lum qilgan.

Nashr suhbatdoshlari ma'lumotiga ko‘ra, Tramp AQSh bosh prokurori Jyeff Seshnsni ham ishdan bo‘shatishga harakat qilib ko‘radi – ularning fikricha, bir Roznsteynning ishdan olinishi prezidentni advokati Maykl Koen ofisida o‘tkazilgan tintuvlardan so‘ng «qanoatlantira olmaydi». Shuningdek manbalarning ta'kidlashicha, Tramp AQSh Adliya vazirligidan norozi, sababi, uning fikriga ko‘ra, mahkama uni Myuller surishtiruvlaridan chetlashtirish uchun kerakli sa'y-harakatlarni amalga oshirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Maykl Koenni bank firibgarligi, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy firibgarlik va saylov kampaniyasi vaqtidagi moliyaviy buzilishlarda ayblashayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid