Jahon | 10:18 / 10.04.2018
5305
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning advokati bank firibgarliklarida gumonlanmoqda

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Maykl Koenni bank firibgarligi, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy firibgarlik va saylov kampaniyasi vaqtidagi moliyaviy buzilishlarda ayblashmoqda. Bu haqda Washigton Post manbaga asosan xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, dushanba, 9 aprel kuni, FTB agentlari Koenning Manhettendagi ofisida tintuv o‘tkazishgan. Bu yerda advokatning mijozlari haqidagi ma'lumot va shaxsiy pul jamg‘armalari haqidagi axborot saqlanadi. Olib qo‘yilgan hujjatlar orasida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga aloqadorlari ham bor, deya ta'kidlaydi nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 7 aprelda Donald Trampga qarashli, Manhettendagi Trump Tower binosining 50-qavatidagi kvartiralardan birida yong‘in chiqqani, oqibatda bir kishi halok bo‘lib, 4 kishi jarohatlangani xabar qilingandi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid