Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriyaga juda kuchli zarba berish haqida o‘ylamoqda – OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp maslahatchilari bilan Suriyaga Duma shahrida oddiy aholiga qarshi yuz bergan kimyoviy hujumga javoban qanday kuchdagi zarba berish kerakligini muhokama qilmoqda. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
2017 yilning 7 aprel kuni Xon-Shayxundagi kimyoviy hujumga javoban Shayrat aviabazasiga raketa zarbasi ko‘rinishida zarba berilgandi. Vashington kimyoviy hujumga Damashqni aybdor deb topgandi.
Biroq endi, gazetaning yozishicha, Oq uydagilar hozirgi vaziyatda shunday kuchdagi zarba kerakli effektni bermaydi, degan fikrda.
«Ma'muriyat amaldorlarining bildirishicha, istalgan yangi zarbalar avvalgi yildagidan ancha kuchliroq bo‘ladi. Gap faqat o‘sha kuch aynan qanday bo‘lishi haqida ketmoqda», - deya ta'kidlaydi gazeta.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy variantlar orasida zarba uchun nishonlar sonini ko‘paytirish, bu zarbalarni bir kun ichida berish bor.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026