Poroshenko Rossiyaning «zaif tomoni» haqida ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaning «zaif tomonini» uning Kiyevga qarshi «tajovuzkorligida» deb atadi. Bu haqda u Kiyevdagi XI xavfsizlik bo‘yicha forum davomida ma'lum qilgan.
«Rossiyaning zaif tomoni aynan uning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi sanaladi. Na Kreml, na Rossiya prezidenti Vladimir Putin, albatta, bunday natijani kutmagandi. Moskva tajovuzkorligiga qarshi bu urushda g‘alabaga bo‘lgan yo‘l bizning Ukrainadagi g‘alabamiz orqali o‘tadi», - deya ma'lum qildi Poroshenko.
Shuningdek, Ukraina prezidenti AQShning rossiyalik tadbirkorlar amaldorlarga qarshi sanksiyalarini ma'qulladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng yo‘qotgan pullar «hech qachon o‘limga olib keluvchi raketalarga sarflanmaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina MDHdan chiqayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024
«Ukraina G‘arb siyosatida endi birinchi emas» - OAV
00:49 / 12.10.2024
NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
19:38 / 11.10.2024