Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, vazirlar mahkamasiga Ukrainaning MDH ta'sis organlaridan rasman çiqişi jarayonini boşlaş haqida topşiriq berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Hukumatga MDH ta'sis organlarida iştirokimizni rasmiy ravişda töxtatiş haqida, şuningdek, Minskdagi barça tegişli institutlarda Ukraina vakolatxonasini yakuniy tarzda yopiş töğrisida taklif tayyorlaş vazifasini topşirdim», - deya ma'lum qildi Ukraina prezidenti Kiyevdagi xavfsizlik böyiça forumda.

Uning sözlariga köra, şuningdek Ukraina tomonidan MDH doirasida imzolangan barça şartnomaviy-huquqiy baza inventarizatsiyadan ötkazilişi lozim. Bunda mamlakat milliy manfaatlariga muvofiqlik darajasi tekşirilişi kerak.