Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiyaning «zaif tomonini» uning Kiyevga qarşi «tajovuzkorligida» deb atadi. Bu haqda u Kiyevdagi XI xavfsizlik böyiça forum davomida ma'lum qilgan.

«Rossiyaning zaif tomoni aynan uning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi sanaladi. Na Kreml, na Rossiya prezidenti Vladimir Putin, albatta, bunday natijani kutmagandi. Moskva tajovuzkorligiga qarşi bu uruşda ğalabaga bölgan yöl bizning Ukrainadagi ğalabamiz orqali ötadi», - deya ma'lum qildi Poroşenko.

Şuningdek, Ukraina prezidenti AQŞning rossiyalik tadbirkorlar amaldorlarga qarşi sanksiyalarini ma'qulladi. Uning sözlariga köra, tadbirkorlar sanksiyalar joriy etilganidan söng yöqotgan pullar «heç qaçon ölimga olib keluvçi raketalarga sarflanmaydi».

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina MDHdan çiqayotgani xabar berilgandi.