Jamiyat | 02:45 / 13.04.2018
24692
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada oilaviy janjal fojia bilan tugadi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 11 aprel kuni soat 3.40larda, “Yoshlik” MFY 8-ko‘chada yashovchi, 1982 y.t. D.S. mast holda uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1990 y.t. D.O.ning bo‘yin, qorin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada D.O. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. D.S. esa qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid