Jahon | 11:26 / 13.04.2018
13055
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Kim Chen Inning rejalari haqida ma'lumot berdi

Foto: Reuters / KCNA

KXDR yetakchisi Kim Chen In XXR raisi Si Tszinpin bilan mart oyida o‘tkazgan uchrashuvida Pxenyan yadro qurolidan xoli hududga aylanish bo‘yicha jarayon yo‘l xaritasini ishlab chiqishga tayyorligi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda Tokyo gazetasi o‘z manbalariga asosan xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, Kim Chen In «agarda AQSh adolatli tarzda munosabat bildirsa, unda biz sammitgacha yoki undan keyin yadro qurolidan xoli hududga aylanish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqa olamiz», deb ma'lum qilgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek KXDR yetakchisi agarda AQSh «kafolatlar taqdim etsa», Shimoliy Koreya «yadro qurolidan voz kechishi mumkinligini» bildirgan.
 
«Agarda AQSh KXDRga nisbatan dushmanlik kayfiyatidagi siyosatini to‘xtatadigan bo‘lsa, yadro quroliga egalik qilish ehtiyoji ham yo‘qoladi», - deya Kim Chen Inning so‘zlarini keltiradi nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In va Mun Chje In o‘ta muhim deklaratsiyani qabul qilishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid