Jamiyat | 14:50 / 14.04.2018
13525
1 daqiqa o‘qiladi
Kattaqo‘rg‘on tumanida 20 yashar bosqinchi qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 13 aprel kuni soat 01.30larda noma'lum shaxs yuziga mato o‘rab tayoq bilan qurollanib, “Qilich” qishlog‘ida yashovchi, 1980 y.t. F.K.ning uyiga bostirib kirib, uni va ikki nafar farzandini qo‘rqitib, F.K.ga tan jarohati yetkazib, zargarlik buyumlarini olib voqea joyidan yashiringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on tumani “Uzunbo‘z” qishlog‘ida yashovchi, 1998 y.t. J.N. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mavzuga oid
10:13 / 01.08.2024
Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
21:38 / 22.05.2024
Kattaqo‘rg‘onda bog‘cha tarbiyalanuvchisi jarohatlandi. Uni boshqa bola tishlab tashlagani aytilmoqda
18:33 / 27.04.2024