Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shafqatsiz!». Kuba Suriya bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Foto: GLOBAL LOOK PRESS
Kuba TIV AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriya hududiga zarba berganini qoralab chiqdi. Bu haqda mamlakat TIVning tvitterdagi sahifasida xabar qilingan.
«Kuba AQSh va uning bir necha ittifoqchilari tomonidan Suriyaga qarshi 14 aprelga o‘tar tunda sodir etilgan yangi hujumni qat'iy qoralaydi», - deya ma'lum qilingan mamlakat TIVdan.
Kuba zarbalarni BMT nizomining qo‘pol buzilishi deb hisoblaydi.
«Kuba Suriya xalqi va hukumati bilan AQSh hamda uning bir necha ittifoqchilari tomonidan amalga oshirilgan shafqatsiz hujum natijasida odamlarning halok bo‘lgani va yetkazilgan moddiy zarar uchun birdamligini bildiradi», - deya ma'lum qilishgan Kuba TIVdan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirayotgani haqida ma'lum qilgandi. Unda AQSh va uning ittifoqchilarining Suriyadagi xatti-harakatlari muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
08:58
Suriyada Asadlar portretisiz yangi banknotlar muomalaga kiritildi
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026