Jahon | 19:19 / 14.04.2018
48260
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyaga uchirilgan raketalar soniga aniqlik kiritildi

Foto: AQSh Harbiy kuchlari / Getty Images

AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya shanba kuni ertalab Suriya hududiga qarata 105ta raketa uchirgan. Bu haqda AQSh QK shtab boshliqlari Qo‘mitasi vakili general Kennet Makkenzi Pentagonda tashkil etilgan maxsus brifingda xabar berdi.

"Zarbalar aniq belgilab olingan uchta nishonlarga berildi", - deya ma'lum qildi Makkenzi. Uning ta'kidlashicha, yetkazilgan zararni baholash davom etmoqda. "Biz bu obektlarga zarar yetkazdik, hech qanday qarshilikka uchramadik", - deya aytib o‘tdi u.

Suriya havo hujumidan mudofaa tizimining javobi samarasiz bo‘ldi hamda ko‘proq tinch aholiga tahdid uyg‘otdi, deya ma'lum qilgan Makkenzi. "Biz nishonlarni diqqatlik bilan tanladik, bunda oddiy aholi vakillariga tahdid minimum bo‘lishi kerakligiga asosiy e'tibor qaratildi. Biz yetkazilgan zararni baholash ishlarini yakunlamoqdamiz, biroq dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, biz harbiy vazifalarni Suriya tomonidan jiddiy qarshiliksiz bajarganmiz", - dedi Makkenzi. Uning aytishicha, Suriya havo hujumidan mudofaa tizimining javob harakatlari oddiy aholi vakillarining jabrlanishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga raketa zarbasini «ajoyib amalga oshirilgan» deb atagandi.

 

Mavzuga oid