Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bo‘ylab velosayohatga chiqqan otaxonlar Toshkentga yetib kelishdi
2018 yilning 7 aprel kuni Buxoro viloyati, Peshku tumanida istiqomat qiluvchi, 70 yoshni qarshi olgan otaxon Muhammad Qudratov yurtimiz bo‘ylab sayohat qilish maqsadida velosiped orqali o‘z safarini boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sayohat davomida ularning soni 2 nafar ekanligi aniqlandi. Omon ota Aslonov ham xuddi M.Qudratov singari Buxoro – Samarqand – Toshkent – Namangan – Farg‘ona – Andijon – Termiz – Qarshi – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha sayohatni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Hozirda sayohatchi otaxonlarimiz Toshkent shahriga yetib kelishdi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi binosiga tashrif buyurishib, qo‘mita xodimlari bilan o‘zlarining taassurotlarini o‘rtoqlashishdi.
Hozirgi kunga qadar otaxonlar, Buxoro – Navoiy – Samarqand – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab velosipedda sayohatni amalga oshirishgan va mazkur hududlardagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni ziyorat etishgan.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad ota 70 yoshni qarshilagan bo‘lsa, Omon ota 75 yoshga to‘lgan.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:00 / 01.11.2025
Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilion qurdi
12:19 / 30.10.2025