Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara Suriyaga berilgan raketa zarbalarini “kechikkan qadam” deb atadi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga bergan raketa zarbalarini “kechikkan qadam” deb atadi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
“Afsuski, bu kechikkan qadam. Biroq shu bilan birga Asad tuzumi, mintaqada vahshiylik sodir etgan qotillarga javobdir”, deb aytgan Yildirim.
Uning aytishicha, bu choralar shu kungacha hech qanday chora ko‘rmaganlar tomonidan kimyoviy qurol qo‘llangandan keyin amalga oshirilgan.
14 aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Dumada sodir etilgan kimyoviy hujumga javoban Suriya hududiga raketa zarbalari berdi. Suriya hukumati kimyoviy hujum bo‘lmaganini ta'kidlab, g‘arb davlatlari hujumini tajovuz deb atamoqda.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026