Jamiyat | 00:44 / 15.04.2018
7971
1 daqiqa o‘qiladi

Mahalladoshi va uning ayoliga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 6 aprel kuni soat 16.30larda, Dehqon mahallasida yashovchi, 1969 y.t. A.M. shu mahalla hududidagi “Mahmud Namozov” fermer xo‘jaligi dala maydonida joylashgan suv taqsimlash inshootida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi, 1969 y.t. A.B. va uning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 1974 y.t. B.B. tanasining turli joylariga belkurak bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada A.B. va B.B. kasalxonaga yotqizilgan. A.M. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid