Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh turmasidagi tartibsizliklar oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
AQShning Janubiy Karolina shtatining Bishopvillidagi qattiq qo‘riqlanuvchi turmada mahbuslar o‘rtasida ko‘plab mushtlashuvlar sodir bo‘ldi. Bu haqda 16 aprelda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Turmada tartibsizliklar 15 aprel kechki vaqt boshlangan va 8 soatga yaqin davom etgan. Ta'kidlanishicha, tartibsizliklar turmaning 3 ta korpusini qamrab olgan. Mushtlashuvlarni huquq-tartibot idoralari xodimlari yordami bilangina to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan.
Turma vakili bergan ma'lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida 7 mahbus halok bo‘lgan, yana o‘nlab jarohat olgan. Turma xodimlari va huquq-tartibot idoralari xodimlaridan hech kimga zarar yetmagan.
Turmada 1,5 mingga yaqin mahbus, jumladan bir qator o‘ta xavfli va uzoq muddatga jazolangan jinoyatchilar saqlanadi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026