Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bombardier O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
Kanadaning Bombardier mashinasozlik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelish niyatida. Bu haqda Spot yozmoqda.
Kompaniyaning shartnomalar bo‘yicha direktori Martin Hermanning so‘zlariga ko‘ra, Bombardier imtiyozli kredit shartlari asosida samolyotlarni sotib olishda yordam berishga tayyor:
«Kanada Eksportni rivojlantirish agentligi xarid miqdorining 85 foizini qoplash uchun 12 yil muddatga kredit berishi mumkin», - deya aytib o‘tgan Herman.
Uning so‘zlariga ko‘ra, lizing paketlari doirasida hamkorlik qilish va O‘zbekistonda alohida ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
«Biz yaqin kelajakda o‘z mahsulotimizni namoyish etishni va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqdamiz», - deya xabar qilgan Herman.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekiston havo yo‘llari» Bombardier samolyotlarini xarid qilishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026