Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi mutaxassislari hamda Arcos Jet va Bombardier Business Aircraft kompaniyalarining vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Tadbir doirasida hamkorlik aloqalari muhokama etildi. Dastur davomida Bombardier samolyotining Toşkent uzra parvozi namoyiş etildi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent-Şarqiy aerodromi loyihasi bilan tanişiş jarayonida Özbekistonda biznes-aviatsiyani rivojlantiriş muhimligini alohida ta'kidlagan edi.

Foto: Özbekiston havo yöllari

Arcos Jet va Bombardier Business Aircraft kompaniyasi vakillari bilan taşkil etilgan uçraşuv Özbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan yangi imkoniyatlarni oçadigan va tadbirkorlar uçun qulayliklar yaratadigan biznes-aviatsiyani rivojlantiriş masalasiga alohida e'tibor qaratilayotganining amaldagi tasdiği böldi. Loyiha Özbekistondagi va xorijiy tadbirkorlarga mahsulotlarini taşqi bozorga olib çiqiş va yangi biznes hamkorlarni topiş masalalarini tezroq hal qiliş imkonini beradi

- Yurtingizga ilk bora kelişimiz va Özbekiston Milliy aviakompaniyasi bizni taklif etganidan behad mamnunmiz, - deya ta'kidladi Bombardier Business Aircraft kompaniyasining Şarqiy Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari böyiça mintaqaviy vitse-prezidenti Valeriya Kolyuçaya. - Öylaymanki, biznes-aviatsiyani rivojlantiriş borasidagi hamkorlik aloqalarimiz yaqin istiqbolda özining ijobiy natijalarini beradi. Faoliyatimiz asosan, samolyotlar oldi-sotdisi bilan boğliq bölsada, biznes-aviatsiyasi bozorining boşqa - havo kemalariga texnik xizmat körsatiş, ekipaj a'zolarini tayyorlaş va ularni huquqiy jihatdan muhofazalaş, şuningdek samolyotni sotiş yoki ijaraga beriş jarayonida yuzaga keladigan lizing, suğurtalaş, moliyalaştiriş, taxminiy narxni oldindan belgilaş kabi turlarini ham muvaffaqiyatli özlaştirişga erişganmiz.

Foto: Özbekiston havo yöllari

- Bu Özbekiston aviakompaniyasi bilan birinçi iş tajribamiz, biz buni kelgusidagi hamkorlikning poydevori bölişiga, mintaqadagi biznes-aviatsiyasining barqaror rivojlanişiga xizmat qilişiga işonamiz- dedi Arcos Jet boşqaruvçi hamkori Mixail Alyonkin.– Hamma yerda bunday servisga talab bor va u öz istiqboliga ega. Öz navbatida biz özbekistonlik hamkasblarimizga havo kemalarini yetkazib beriş va xarid qilişdan tortib, ularni ekspluatatsiya qiliş va tijorat yuklamasiga qadar bölgan yangi imkoniyatlarni taklif qilamiz. Biz özbek hamkorlarimiz bilan öz tajribalarimizni bölişişga tayyormiz. Öylaymanki, bizning hamkorlikdagi işimiz xorijiy investorlarga va özbekistonlik tadbirkorlarga mahsulotlarini taşqi bozorga olib çiqiş va yangi biznes hamkorlarni topişga yordam beradi.