Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FTB sobiq rahbari: Kremlda Trampga qarshi nimadir bor
AQSh FTB sobiq rahbari Jyeyms Komining bildirishicha, Kremlda Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti Donald Trampga qarshi kompromat bo‘lishi mumkin. Bu haqda u ABC News’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqiqatga juda yaqin narsa.
«Men bu ehtimoldan uzoq deb ayta olmayman, men bu haqiqatdan bor ekanini ham bildira olmayman. Biroq, men bu ehtimolga yaqin ekanini aytmoqchiman», - deya aniqlik kiritgan Komi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FTB sobiq rahbari Jyeyms Komi o‘z memuarlarida AQSh prezidenti Donald Trampni mafiyachi bilan tenglashtirgandi.